Arbeloa “Real” yulduzlari “diktaturasi”dan aziyat chekmoqda
Madridning “Real” klubi mavsum oʻrtasida bosh murabbiyni almashtirganiga qaramay, ichki muhit oʻnglangani yoʻq va bu holat jamoaning natijalariga salbiy ta'sir oʻtkazmoqda.
Sport.es saytining xabar berishicha, “Real” futbolchilari jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa qabul qilayotgan qarorlarni shubha ostiga qoʻymoqda. Bu vaziyat Xabi Alonso davrida hamda Karlo Anchelottining klubdagi soʻnggi mavsumida kuzatilgan holatga oʻxshash.
Manba ma'lumotlariga koʻra, Arbeloa “Qirollik klubi”da anchadan beri mavjud boʻlgan futbolchilar “diktaturasi”dan aziyat chekmoqda. Ta'kidlanishicha, ispaniyalik mutaxassis ham jamoa oʻyinchilari bosh murabbiylarga ta'sir oʻtkazish uchun qoʻllaydigan usullarni shaxsan oʻzida his etmoqda va oʻz taktik qarorlarini oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelyapti.
“Real” futbolchilari ichki muhitda murabbiylar shtabining ayrim qarorlariga nisbatan norozilik bildiradi, biroq oʻz pozitsiyalarini jamoatchilikka ochiq namoyon etmaydi.
Ayniqsa, ilgari yulduzli tarkiblar bilan ishlash tajribasiga ega boʻlmagan Alvaro Arbeloa bu borada qiyinchikka duch kelgani sezilib qolmoqda.
Fikrlar