Arbeloa sharmandali mag‘lubiyat sababchisini aytdi
Bosh murabbiyni oʻzgartirgan “Real” Ispaniya kubogi doirasida quyi liga vakili “Albasete” maydonidagi bahsda 2:3 hisobida magʻlubiyatga uchrab, musobaqani 1/8 final bosqichida tark etdi.
Madrid jamoasiga yangi tayinlangan bosh murabbiy sharmandali magʻlubiyatdan keyin barcha aybni oʻz boʻyniga oldi.
- Bu klubda hatto durang ham yomon natija, deyarli fojea deb qaraladi, magʻlubiyat esa, ayniqsa boshqa ligada oʻynaydigan jamoadan uchralsa, yanada ogʻir qabul qilinadi.
Agar uchrashuvdagi natija uchun aybdorni izlash kerak boʻlsa, eng avvalo bu menman. Chunki tarkibni tanlagan ham, oʻyin uslubini belgilagan ham, almashinuvlarni qilgan ham oʻzimman.
Faqat futbolchilarga meni qanday qabul qilishgani uchun minnatdorlik bildirishim va ularga jismoniy hamda ruhiy jihatdan tiklanishga yordam berishim mumkin. Tarkib tanlovimga ishongan edim.
Menda iqtidorli futbolchilar bor, ammo ulardan talab qilayotgan narsalarni darhol bajarish hamisha oson emas. Natijada barcha javobgarlik mening zimmamda qoladi, - dedi Arbeloa.
“Albasete”ga qarshi oʻyin “Real” uchun yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa rahbarligidagi ilk uchrashuv boʻldi. Shunga qaramay, Arbelоaning jamoadagi kelajagiga shubha uyğona boshlandi.
Fikrlar