Arbeloa Vinisius atrofidagi vaziyatga yana baho berdi!

  • 20.02.2026 23:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Vinisius atrofida yuzaga kelgan bahs va irqiy mojaro bo‘yicha munosabat bildirdi.

Chempionlar ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi uchrashuvda (1:0) "Real" qanot hujumchisi raqib jamoa forvardi uni "maymun" deb haqorat qilganini aytdi. Argentinalik futbolchi esa epizod paytida og‘zini futbolkasi bilan yopib olgani sababli lab o‘qish orqali vaziyatga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmagan.

Arbeloa mazkur holat yuzasidan shunday dedi:

"Men bu yerga Mourinyo yoki Kompani aytgan so‘zlarni baholash uchun kelmadim. Har kim o‘z fikrini bildirishga haqli – men esa o‘z fikrimi aytayapman.

Vinisius golni ko‘plab futbolchilar yuzlab marta nishonlagani kabi nishonladi. Biz jabrlanuvchini provokator sifatida ko‘rsatmasligimiz kerak", – dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!