Archivo VAR: "Hakamning qarori to‘g‘ri"

  • 05.11.2025 01:48
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" - "Real" o‘yinida bahsli holat yuzaga keldi. O‘yinning 31-daqiqasida Dominik Soboslai zarbasi Orelen Chuamenining qo‘liga tegdi, deb topilib, hakam jarima zarbasi belgiladi.

Oradan ko‘p o‘tmay uni VAR hakamlari ehtimoliy penaltini ko‘rishga chaqirishdi. Istvan Kovach esa nafaqat penalti, balki jarima zarbasini ham bekor qildi. 

Image

Archivo VAR ushbu vaziyatda hakam to‘g‘ri qaror qabul qilganini ta’kidladi. Chuameni qo‘li ta’biy holatda va tanasiga yaqin turibdi, deya izohlandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!