Arda Turan 9 yildan so‘ng "Galatasaroy"ga qaytdi
“Galatasaroy” sobiq futbolchisi Arda Turanning transferini e’lon qildi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 33 yoshli turkiyalik futbolchi “Galatasaroy” bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Arda Turan 2011 yilda “Atletiko”ga aynan “Galatasaroy”dan ko‘chib o‘tgan edi. 2015 yilda esa, u “Barselona”ga qo‘shilgan. U 2019 yilning dekabridan buyon erkin agent maqomida yurgan edi.
Fikrlar