Arda Turan "Barselona"dan rasman ketadi

  • 31.12.2019 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turkiyalik yarim himoyachi Arda Turan tez orada "Barselona"dan rasman ketadi.

Fotomac nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi faoliyatini "Galatasaray"da davom ettiradi. Aytish kerakki, u aynan mana shu jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U istanbulliklar bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Turan 2018 yilning yanvaridan buyon "Istanbul" safida ijarada to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 39ta o‘yina maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!