
Arda Turandan so‘ng "Barselona"da yana bir turk futbolchisi harakat qilishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi skautlari Turkiya chempionatida yangi iqtidor sohibini topdi.
Ispaniyaning "Relevo" nashri xabariga ko‘ra, "Fenerbaxche"ning 18 yoshli turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyuler ispan grandining radariga tushgan.
Gyuler hozirgi jamoasida 2021 yildan beri harakat qilmoqda. U allaqachon Turkiya terma jamoasidan chaqiruv olgan va o‘tgan yilning noyabr oyida Chexiyaga qarshi o‘yinda uning tarkibida debyut qilishga ulgaurgan.
Katalon jamoasining "Barselona"dagi so‘nggi turk futbolchisi Arda Turan bo‘lgan. Turan "ko‘k-anorranglilar" safida 2015-2020 yillarda o‘ynagan.
Fikrlar