Aren Robben katta futbolga qaytdi (foto)
Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Aren Robben futbolchilik faoliyatini qayta tikladi.
36 yoshli vinger o‘zining birinchi professional klubi "Groningen"da to‘p suradigan bo‘ldi.
"Futbolchilik faoliyatimni tiklash ustida ish olib boryapman. Bu qanchalik amalga oshadi, bilmayman, biroq hozir o‘zimga ishonyapman.
Bu men uchun qiyin chaqiruv bo‘lishi mumkin, ammo men uni qabul qilishga tayyorman", - deydi niderlandiyalik.
Ma’lumot o‘rnida, Robben faoliyati davomida "Chelsi", "Real" va "Barselona" klublari safida to‘p surgan.


Fikrlar