Argentina chempionatida ilk bor ayol hakam ishladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina chempionati tarixida ilk bor ayol hakam ishladi. 7-turdan o‘rin olgan “Defensa Xusustiya” hamda “Olimpo” jamoalari o‘rtasidagi bahsda Gizele Truko laynsmen sifatida ishladi.

Muxlislar 29 yoshli ayol hakamni olqishlar ostida qarshi olishdi. Futbolchilar ham Truko xonimga tashakkur aytishdi. Quyida ushbu holat aks etgan videoni tomosha qilishingiz.

Qayd etish joiz, Toshkent vaqti bilan bugun tongda bo‘lib o‘tgan ushbu qarama-qarshilikda jamoalar 1:1 hisobidagi  durangga “rozi bo‘lishdi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!