
Argentina terma jamoasi hujumchisi uchun Ispaniyaning 3 ta klubi kurash boshladi
Moskvaning TsSKA klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Adolfo Gaychga Evropaning bir qator klublaridan takliflar bo‘lmoqda.
AS nashrining xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi uchun "Selta", "Granada" va "Rayo Valekano" klublari kurash olib bormoqda. Gaychning o‘zi ham Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Adolfo o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Benevento” klubida ijarada o‘tkazdi. Bunga qadar u mavsumning birinchi yarmida TsSKA safida 18 ta o‘yinda ishtirok etgan va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Gaychning TsSKA bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar