Argentina Yamalga qarshi reja tuzmoqda

  • 18.02.2026 20:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Mart oyi oxirida Ispaniya va Argentina terma jamoalari Evropaning amaldagi chempioni va Amerika kubogi sohibi sifatida Finalissimada sovrin uchun kurash olib boradi. O‘yinga bir oydan ko‘proq vaqt qoldi, jamoalar murabbiylari esa allaqachon tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

The Touchline nashrining DSports Radio'ga tayanib xabar berishicha, argentinaliklar vinger Lamin Yamalarni qanday ushlab qolish haqida o‘ylamoqda. Rejaga ko‘ra, Yamalgа qarshi shaxsiy himoyada yaxshi o‘ynaydigan himoyachi Nikolas Talyafiko harakat qiladi. Bundan tashqari, Lionel Skaloni agressiv va yakkakurashlarda Yamalgа imkon qoldirmaydigan jismonan baquvvat yarim himoyachi bilan o‘ynamoqchi. Argentinaliklar Laminni maydonda 2 ta futbolchi bilan qo‘riqlashni reja qilishgan.

Ispaniya va Argentina terma jamoalari 27 mart kuni maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!