Argentina yulduzi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 03.06.2026 23:13
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Niko Pas 2026 yildgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkin.

Footmercato nashrining xabar berishicha, futbolchining Italiya chempionatining 36-turida "Verona"ga qarshi uchrashuvda olgan tizza jarohati avval o‘ylanganidan ham jiddiyroq bo‘lib chiqqan.

Shu sababli Pas uzoq muddat maydondan chetda qolishi mumkin. Agar u tiklanib ulgurmasa, uning o‘rniga "Aston Villa" yarim himoyachisi Emiliano Buendiya Argentina terma jamoasiga chaqirilishi mumkin.

Niko Pas o‘tgan mavsum "Komo" safida A Seriyada 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol va 6 ta assist qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!