
Argentinaga JChni yutishda katta yordam bergan Martinesga APLning ikki grandi xaridor
"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini kuchliroq jamoada davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra, unga "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" kabi grandlardan qiziqish bor. Har ikki xaridor Emilianoni mavsumlar oralig‘ida o‘z tarkibiga qo‘shib olishni niyat qilgan.
Jahon chempionati qahramonlaridan biri hisoblanadigan posbon juda ko‘p o‘yinlarda jamoadoshlari joniga ora kirdi. Ayniqsa, finalda bir necha bor seyv namoyish etib, penaltilar seriyasda Kingsi Komanning zarbasini qaytardi.
Martines 2021 yilda "Arsenal"ni erkin agent sifatida tark etgandi. O‘sha paytdan beri u birmingemliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar