Argentinalik darvozabon: "Men uchun Mbappe eng yaxshi futbolchi"

  • 19 yanvar, 2023, 18:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti Lionel Messining darajasiga baho berdi. 

"Messi yaxshi chempionatni o‘tkazdi. Biroq hech qachon u Pele hamda Maradonani ortda qoldira olmaydi. Argentina tarixidagi eng yaxshi futbolchi - Maradona. 

Di Mariya fenomen edi, ammo bu haqda hech kim gapirmaydi. Men uchun Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchisi", - dedi Gatti "El Chiringuto" telekanalida. 

Messi jahon chempionatida 7 uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol (4 tasi penaltidan) va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. U turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!