Argentinaning mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga etdi
Argentina terma jamoasi Jahon Chempionatidan so‘ng ilk marotaba mag‘lubiyatga uchradi.
"Albisileste" o‘z uyida o‘tgan Urugvayga qarshi JCh-2026 saralashi doirasidagi bellashuvda mag‘lubiyatga uchrab, 14 matchdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi.
So‘nggi bora Lionel Skaloni jamoasi 2022 yilning 22 noyabr kuni JCh-2022 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar