
Arina Sobolenko ikkinchi davraga chiqdi
Avstraliyaning Adelaida shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqada belaruslik Arina Sobolenko va tayvanlik Se Su-Veyga o‘zaro raqobatlashdi.
Musobaqaning birinchi bosqichidan joy olgan ushbu o‘yin uch set davom etdi. Unda Arina 5:7, 6:1, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa "Adelaide International"ning ikkinchi bosqichida Arina Sobolenko, amerikalik Bernarda Peraga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Fikrlar