Arman Maxanov ishtirokidagi bahs 1-raunddayoq yakunlandi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 7 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.
+92 kg yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Arman Maxanov va belaruslik Uladzislau Smiahlikau to‘qnashuvi 1-raunddayoq yakunlandi. Aniqrog‘i, Uladzislauning qoshi yorilib ketgani bois, shifokor jangni davom ettirishga ruxsat bermadi va aynan o‘sha vaqtga qadar yig‘ilgan ochkolar hisoblanib, Maxanovga g‘alaba taqdim etildi. Endi hamyurtimiz keyingi bosqichda kubalik Arzola Lopesga qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev hamda Anvarjan Xodjiev (Qirg‘iz Respublikasi) jangi kutmoqda.



Fikrlar