Arman Tsarukyan 2026 yil uchun eng katta maqsadini ochiqlandi

  • 01.01.2026 17:50
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Aralash yakkakurashlar ustasi Arman Tsarukyan 2026 yilda UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni maqsad qilmoqda. 

"2026 yilda chempion bo‘laman. Bu katta ehtimol bilan yozda amalga oshadi. Yilni esa 24 yanvar kuni vaqtinchalik chempionlik uchun jang qilish bilan boshlashim mumkin. Kim biladi, balki ertaga Dana Uayt qo‘ng‘iroq qilib, "Jastin Getji oyog‘ini shikastlab oldi. O‘rniga chiqa olasanmi?" desa, men, albatta, rozi bo‘laman", - dedi Arman "Mash na sporte" telegram-kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Tsarukyan professional MMAdа 26 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasi g‘alaba qozongan va 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!