Arman Tsarukyan: "Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan davrim juda og‘ir kechgan"

  • 27.01.2026 12:13
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC jangchisi Arman Tsarukyan bolaligi haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hayotining ilk yillari har doim ham farovon o‘tmagan.

"12 yoshimda hayotim ancha o‘zgardi. Yetti yoshimda ham yomon emasdi. Ammo uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan davr juda og‘ir kechgan. Biz mashinada uxlar edik, o‘sha paytda uyimiz yo‘q edi. Sovuq hududda yashaganmiz. Shunda bir dog‘istonlik odam: “Biz bilan bepul yashashingiz mumkin”, dedi. Biz o‘z uyimizni qurib olgunimizcha, ular bilan bir yil yashadik", — dedi Arman Daniel Kormyening You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyaning otasi Nairi Tsarukyan ayni paytda qurilish sohasida ishlaydigan katta biznesmen hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!