Arman Tsarukyan yolg‘onni aniqlovchi testdan o‘tdi

  • 07.03.2026 14:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Rossiya va Armaniston sharafini himoya qiluvchi UFC jangchisi Arman Tsarukyan yolgon detektori testidan o‘tdi.

— Sportda loyiq bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq shuhratga erishgan jangchilar bormi?
— Ha, Paddi Pimblett [To‘g‘ri].

— Iliya Topuriyani mag‘lub eta olishingizga ishonasizmi?
— Ha, ishonaman. Men har doim o‘zimga ishonaman [To‘g‘ri].

— Sizningcha, Islom Maxachevga eng qiyin jangni berarmidingiz?
— Yo‘q, menimcha, Volkanovskiy birinchi jangida eng qiyin jangni o‘tkazgan [Noto‘g‘ri].

— Siz rostdan ham shunchalik boymisiz?
— Yo‘q [Yolg‘on].

— Dana Uaytdan qo‘rqasizmi?
— Yo‘q [Yolg‘on].

— Xavfli jangdan qochish uchun atayin o‘zingizni jarohat olgandek tutganmisiz?
— Ha [Yolg‘on].

Eslatib o‘tamiz, Arman Tsarukyan UFC oktagonida oxirgi bor 22 noyabr kuni jang o‘tkazib, Den Xukerni 2-raunddayoq sabmishn evaziga mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!