Arne Slot: "Ba'zi jamoalar "Enfild"ga faqat vaqt cho‘zish uchun keladi"

  • 20.03.2026 10:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Arne Slot "Liverpul"ning "Galatasaray" ustidan 4:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng raqibning o‘yindagi harakatlarini tanqid qildi.

"Biz juda ko‘p holatlarda raqiblar "Enfild"ga kelib, faqat maydonda yotib vaqt cho‘zishini ko‘ryapmiz.

"Yuventus"ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida "Galatasaray" futbolchilari 14 marta maydonga yotdi. Bu degani, o‘yin har uch daqiqada to‘xtab turgan. Shuning uchun o‘yin ritmi yo‘q edi.

Men uchun chetda turib emotsional bo‘lish muhim edi. Men stressda emasdim — faqat bu holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Biz futbolni himoya qilishimiz kerakligini hamma tushunishi uchun qandaydir reaksiya bildirmoqchi bo‘ldim.

Futbolning shu tomonga ketishi yoqimsiz. Shuning uchun so‘zlarim va ishoralarim orqali bu meni ranjitayotganini aniq ko‘rsatishga harakat qildim", — dedi Slot.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!