Arne Slot Ekitikening oʻziga xos jihatini taʼkidladi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Ugo Ekitikening oʻziga xos sifati haqida fikr bildirdi. Fransiyalik futbolchi oʻtgan yozda frankfurtnig "Ayntraxht" klubidan 95 million yevro evaziga "qizillar" safiga qoʻshilgan edi.
"Ekitike — jamoamizdagi eng tezkor futbolchilardan biri. Koʻplab kuchli jamoalarda bitta, ikkita yoki uchta juda tezkor oʻyinchi boʻladi va men aynan shu sifatni tarkibimizga qoʻshishni istagandim. Oʻtgan mavsumda biz PSJga qarshi oʻynaganmiz, ular safida Dembele, Barkola va Duye bor edi — uchalasi ham juda tez. Biz Ekitike ham xuddi shunday taʼsir koʻrsatishini istadik", — dedi Slot matbuot anjumanida.
Ugo Ekitike "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar