Arne Slot shokka tushdi, futbolchilar ham
Angliya Premyer ligasining grand klublaridan “Liverpul” rahbariyatining bosh murabbiy Arne Slotni iste’foga chiqarish qarori jamoa ichida tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi.
Daily Mail nashri ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis o‘z ishdan bo‘shatilganini rasmiy e’lonidan biroz oldin eshitgan. Huddi murabbiy kabi jamoa futbolchilari ham ushbu qarordan shok holatiga tushgan.
Slot sodir bo‘lgan voqeadan hayratda qolgan, chunki yaqin vaqtgacha u rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini his qilib kelayotgan va “Liverpul”dagi ishini davom ettirishga ishonayotgan edi.
Hozircha mutaxassis zudlik bilan yangi ish qidirishni rejalashtirmayapti, ammo kelajakda munosib takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Arne Slot rasmiy 2024 yil iyun oyida “Liverpul” bosh murabbiyiga aylangan edi. Bungacha u uch mavsum davomida Niderlandiyaning “Feyenoord” klubida muvaffaqiyatli ishlagan.
Debyut mavsumida u ingliz klubini Angliya Premier-ligasidagi 20-chempionlik unvoniga olib chiqqandi. 2025-2026 yildagi mavsumda esa jamoa beshinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma oldi.

Fikrlar