Arne Slot: "U bizga katta ustunlik beradi"

  • 22.11.2025 17:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Aleksander Isakning hozirgi holati haqida gapirdi.

"Isak albatta yaxshi o‘yinlar ko‘rsata boshlaydi. Bu bir oz vaqt talab qiladi. Shundan so‘ng biz uni "Nyukasl"da qanday super darajada ko‘rgan bo‘lsak, bizda ham shu darajada o‘ynay boshlaydi. Yoki "Real Sosedad"dagi darajada ko‘rarmiz. U shunchaki formaga kirishi kerak. Bilamanki, to‘liq tayyor bo‘lgan Isak bizga juda katta ustunlik beradi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli shvetsiyalik forvard joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!