Arne Slotning "Liverpul"dagi kelajagi ma'lum

  • 22.04.2026 15:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot kelasi mavsumda ham jamoada ishlashda davom etadi. Bu haqida "Tribal Football" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati jamoaning Chempionlar ligasiga yo‘l olishini, hatto joriy mavsum sovrinsiz yakunlansa ham, qoniqarli natija deb baholamoqda.

Angliya chempionatining 33 turidan so‘ng mersisaydliklar 55 ochko bilan turnir jadvalidа beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Slot shogirdlari Premier-ligadagi navbatdagi uchrashuvni o‘z maydonida "Kristal Pэlas"ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 25 aprel, shanba kuniga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!