
Arsen Venger futbolda 2 ta qoidani o‘zgartirishni taklif qilmoqda
FIFAning futbolni rivojlantirish bo‘yicha global rahbari Arsen Venger o‘yin qoidalarini o‘zgartirish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Venger futbolda quyidagi ikki qoidani joriy etishni taklif qildi:
1) Burchakdan to‘pni oshirayotgan paytda to‘pning maydon chizig‘idan chiqib ketishiga ruxsat berish. Bu jamoalarga gol urish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
2) Autdan keyin to‘pni kiritish. Buni maydonning o‘ziga tegishli bo‘lgan ikkinchi yarmida oyoq bilan bajarishga ruxsat berish.
Frantsiyalik mutaxssis bundan avvalroq, o‘yindan tashqari holat qoidasini o‘zgartirishni va mehmondagi gol qoidasini bekor qilishni taklif qilgan edi.
Fikrlar