
Arsen Venger: "Pedri Fabregasga o‘xshaydi"
Afsonaviy murabbiy Arsen Venger "Barselona" yarim himoyachisi Pedrini sobiq shogirdi Sesk Fabregasga qiyosladi.
"U Fabregasga o‘xshaydi, haqiqatan. Ular o‘xshash. Maydondagi ta’siri va xarizmasi jihatidan ularni qiyoslash mumkin" – dedi Venger "beIN Sports" efirida.
Joriy mavsumda Pedri La Ligada 33 o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Bundan tashqari, "Arsenal" va "Barselona"ning sobiq fulbeki kataloniyaliklar safida 151 ta uchrashuvda ishtirok etib, 42 ta gol va 50 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Fikrlar