Arsen Venger: "Real" "Barsa"ni erkakcha o‘yin bilan engdi"
Ispaniya La Ligasining 10-turida Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" o‘z uyida "Barselona"ni qabul qilib, 2:1 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so‘ng "Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Xabi Alonso bugun jamoasini yaxshi muvozanatlashtirdi va aytish mumkinki, ayrim jihatlarda bu bellashuv erkaklar bilan bolalar o‘yiniga o‘xshab ketdi.
Masalan, "Real"ning himoyasi "Barselona"nikidan ancha kuchli ko‘rindi. Hujumda esa "Madrid" har daqiqada yana bir gol urishi mumkindek taassurot qoldirdi, "Barselona" esa Robert Levandovski va Rafinyasiz hech qanday xavf tug‘dirolmadi.
Ikkinchi bo‘limda Mbappe penaltini amalga oshira olmaganidan keyin "Barselona" to‘pni ko‘proq nazorat qildi, ammo ulardan gol kutish mumkin emasdi.
Men Xabi Alonsoga hurmat ila ta’zim qilaman — u bugun "Real"ning himoya o‘yinini juda yaxshi muvozanatda ushlab turdi.
Har bir jamoa o‘zini qayta ruhlantirish va o‘tgan yildagidan ham kattaroq yutuqqa erishish uchun maqsad qo‘ymoqda. Ammo "Barselona" tajribali himoyachisi Inigo Martinesni yo‘qotdi. Bugun Mbappega qarshi o‘ynagan himoyachilarda tajriba va sobitqadamlik etishmayotgani yaqqol sezildi", —deya ta’rif berib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis "beIN SPORTS" efirida.
Fikrlar