Arsen Venger: "Virtsni markazda o‘ynatish — bu strategik xato"

  • 06.11.2025 13:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubining sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Liverpul" safidagi Florian Virtsning pozitsiyasi borasida fikr bildirdi.

Tecno

Vengerning aytishicha, Virtts transfer chog‘ida jamoadan unga markaziy hujumkor yarim himoyachi — "o‘ninchi" pozitsiyasini kafolatlashni so‘ragan. Bu qaror "Liverpul" yarim himoyasidagi muvozanatni buzgani ta’kidlanmoqda.

"Muammo Virttsning talabi bilan bog‘liq. U qanotda emas, markazda o‘ynashni istadi. Natijada o‘tgan mavsumda juda yaxshi o‘zaro tushunuvga ega bo‘lgan Gravenberx, Mak Allister va Soboslai uyg‘unligi buzildi. Endilikda Soboslai majburiy ravishda qanotda harakat qilmoqda.

Agar men Arne Slotning o‘rnida bo‘lganimda, o‘tgan mavsumdagi yarim himoya triosiga qaytardim va Virtsni chap qanotga joylashtirgan bo‘lardim. U erda unga ham kenglik, ham erkin harakatlanish imkoni bor.

Ammo uni markazda ushlab turish — bu strategik xato", — dedi Arsen Venger.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!