"Arsenal" "Barselona" qiziqayotgan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

  • 27 yanvar, 2021, 18:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Mundo Deportivo" nashrining yozishicha, "Arsenal" "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya uchun kurashga qo‘shildi. Avvalroq, futbolchiga "Barselona" asosiy da’vogar ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi yozda "shaharliklar" safini tark etadi. "Arsenal" futbolchi uchun "Barsa"ga qaraganda yaxshiroq taklif tayyorlamoqda. Arteta Garsiya bilan yaxshi munosabatda. Ispaniyalik mutaxassis futbolchi bilan "Siti"da Gvardiolaning yordamchisi bo‘lgan vaqtda birga ishlagan. 

Tecno

20 yoshli himoyachi joriy mavsum bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!