
"Arsenal" Belerinni qanchaga sotmoqchi?
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin jamoadan ketish arafasida turibdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "kanonirlar" 26 yoshli ispaniyalik futbolchini 17 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Hozirda Beleringa Milanning "Inter" klubidan jiddiy qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan.
Ektor Belerin “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Arsenal" sharafini 2011 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.
Belerin o‘tgan mavsum “Arsenal” safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar