“Arsenal” besh futbolchi bo‘yicha bir qarorga keldi
Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” rahbariyati besh nafar futbolchi bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.
The Times nashri xabar berishicha, “kanonirlar” himoyachi Yurriyen Timber bilan yangi kelishuv tuzishga juda yaqin va hamkorlik tez kunlarda rasmiy uzaytiriladi.
Shuningdek, darvozabon David Raya, yarim himoyachilar Mikel Merino, Martin Edegor va hujumchi Kay Haverts bilan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, sanab o‘tilgan barcha futbolchilarning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomalari 2028 yilning yozida yakunlanadi.
Shu yilda tayanch yarim himoyachi Deklan Raysning ham shartnomasi tugaydi, biroq uning kelishuvida shartnomani 2028/2029 yildgi mavsum oxirigacha uzaytirish imkoniyati bor.
Fikrlar