"Arsenal" chempionlik paradi vaqtida 24 kishi hibsga olindi

  • 01.06.2026 22:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

London politsiyasi Angliya chempionligi munosabati bilan o‘tkazilgan "Arsenal"ning chempionlik paradi davomida 24 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, tadbir xavfsizligini ta’minlash uchun 500 nafar dan ortiq huquq-tartibot xodimi jalb etilgan. Qo‘lga olinganlarning 10 nafari politsiya xodimlariga hujum qilgani uchun, uch nafari esa jinsiy zo‘ravonlik aybi bilan ushlangan. Qolgan holatlar giyohvand moddalar va qurol saqlash, haqorat qilish, og‘ir tan jarohati yetkazish hamda jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Shuningdek, parad vaqtida to‘rtta politsiya avtomobiliga zarar yetkazilgan. Ularning faralari sindirilgan va kuzov qismida ko‘plab shikastlar qayd etilgan. Aybdorlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, parad o‘tkazilgan hududda pichoq bilan bog‘liq oltita hujum holati qayd etilgan. Jabrlanganlarning aksariyati jiddiy jarohat olmagan bo‘lsa-da, taxminan 20 yoshli bir yigit hayoti uchun xavfli ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, "Arsenal" yakshanba kuni London shimolidagi o‘zining uy stadion atrofida Angliya Premier-ligasidagi chempionligini nishonlash maqsadida chempionlik paradi o‘tkazgan edi. Tadbir munosabati bilan shahardagi bir nechta metro bekatlari ham vaqtincha yopilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!