"Arsenal" chempionlik uchun kurasha oladimi? Arteta javob berdi

  • 22 dekabr, 2024, 13:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta APL 17-turi doirasida "Kristal Pelas" (5:1) taslim etilganidan so‘ng jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi. 

"Biz ayni vaqtda yana chempionlik poygasidamiz, ularda esa ("Liverpul") zaxirada yana bir nechta o‘yin bor.  Har qanday jamoa uchun istalgan turnirda g‘alaba qozonish qiyin. Demak, hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz har bir uchrashuvda raqobatlashsak, nima bo‘lishini ko‘ramiz. Hali yo‘lning yarmiga ham etganimiz yo‘q", - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

"Kanonirlar" 33 ochko to‘plagan holda, APL turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!