
"Arsenal" Dyokeresh transferi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi
Londonning "Arsenal" klubi "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh uchun rasmiy transfer taklifini yubordi. "Record" nashrining xabar berishicha, taklif qiymati 55 million evrolik kafolatlangan to‘lov va qo‘shimcha 10 million evro bonuslardan iborat.
Shu bilan birga, "Sporting" prezidenti Frederiko Varandas avvalroq bildirganidek, klub 60+10 million evrolik taklifga ham hujumchini sotish niyatida emas. Ammo futbolchining agenti va o‘zining ta’kidlashicha, rahbariyat avvalroq bu miqdordagi taklif kelib tushsa, transferga rozi bo‘lishga va’da bergan.
Shvetsiyalik 27 yoshli Dyokeresh joriy mavsum jamoa safida 52 ta o‘yin o‘tkazib, 54 ta gol va 13 ta assist qayd etgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar