
"Arsenal" himoyaga Bundesliga yulduzini olib kelmoqchi
"Bavariya" yarimhimoyachisi Joshua Kimmix faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Arsenal" Kimmixni Jorjinoning o‘rniga olib kelmoqchi. Ta’kidlanishicha, 30 yoshli himoyachiga ikkita aniq taklif bor, ulardan biri - Angliya premer-ligasi.
Aynan shu sababli Kimmix "Bavariya" bilan yozda yakuniga etadigan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Biroq, shartnomaning uzaytirilish ehtimoli ham yo‘q emas.
Ma’lumot uchun, Kimmix joriy mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar