"Arsenal" ispaniyalik yarim himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda
"Arsenal" ispaniyalik yarim himoyachi Mikel Merinoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etyapti, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, kelasi haftada Emil Smit-Rou jamoani tark etishi bilan "kanonirlar" ushbu transfer uchun faol harakat qiladi. Futbolchini rozi qilishda muammo bo‘lmaydi.
"Real Sosedad" yarim himoyachi uchun qancha so‘rashi qiziq bo‘ladi. Sababi, narx borasida mish-mishlar yo‘q. Merino so‘nggi yillarda o‘z bohosini ko‘tarib oldi. U yakuniga etgan mavsumda jamoasi tarkibida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta assist amalga oshirdi.
Merinoga APL begona emas. U 2017-2018 yillar davomida "Nyukasl"da harakat qilgan. Shundan keyin futbolchini "Real Sosedad" 12 million evroga sotib olgan.



Fikrlar