“Arsenal” jahon chempionatidan ikki futbolchini oladi
Londonning “Arsenal” klubi yozgi transferlar oynasida yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun yangi futbolchi sotib olmoqchi.
Mikel Arteta jamoasiga 2026 yildgi jahon chempionati ishtirokchilari orasidan ikki nafar futbolchini tanladi.
Bu haqida The Mirror jurnalistlari xabar berdi.
“To‘pchilar”ning asosiy maqsadi ayni paytda Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan “Nyukasl” futbolchisi Bruno Gimaraes hisoblanadi. Biroq “qarğalar” o‘z yetakchi futbolchisini yo‘qotishni istamay, unga yangi shartnoma taklif qilmoqda.
“Arsenal” uchun bu pozitsiyaga yana bir variant sifatida “Lill” futbolchisi, marokashlik yarim himoyachi Ayub Buaddi ko‘rilmoqda.
Ta'kidlanishicha, har ikki futbolchi ham o‘z milliy terma jamoalari bilan birga JCh-2026ning 1/8 finaliga yo‘l olgan.

Fikrlar