"Arsenal" klubi sobiq futbolchisi faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettiradi
Toshkentning "Bunyodkor" klub Dmitriy Pletnyov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
O‘zbek futboli muxlislari uchun yaxshi tanish bo‘lgan xavbek endi "qaldirgochlar" sharafini himoya qiladi. Pletnyov o‘z vaqtida Belarusning "Arsenal" klubida to‘p tepgan. Futbolchi o‘tgan mavsumning birinchi davrasini "Surxon", ikkinchi davrani esa Samarqandning "Dinamo" klubida o‘tkazgan edi.
Ma’lumot uchun, futbolchi yakunlangan mavsumda umumiy 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar