“Arsenal” kutgan hujumchi kim?

  • 30 avgust, 2020, 22:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mikel Arteta jamoaga markaziy hujumchi sifatida “Napoli” vakili Andrea Petanyani chaqirmoqchi. Hujumchi mavsumni ijara asosida SPAL jamoasida o‘tkazdi.

Tecno

“Arsenal”ning bu qiziqishi jamoadan frantsiyalik to‘purar Aleksandr Lyakazettning ketishi bilan bog‘liq. Shu kunlarda “Yuventus” sport direktori hujumchining transferi bo‘yicha londonliklar bilan muzokara olib bormoqda.

Ayni paytda Arteta ixtiyorida Per-Emerik Obameyang, Eddi Nketia va Gabriel Martinelli bor. Biroq ispaniyalik murabbiy hujum chizig‘ida tajribali o‘yinchi kerakligini ta’kidlamoqda. 25 yoshli Petanya A Serida jami 72 ta uchrashuvda 28 ta gol urgan. Uning transferi londonliklarga 25-30 million funtga tushishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!