"Arsenal" "Liverpul"ga qarshi bellashuvdan avval ikki etakchisini yo‘qotdi

  • 24.08.2025 02:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

APLning 2-turida "Lids"ga qarshi o‘yinda "Arsenal"ning ikki muhim futbolchisi jarohat oldi.

27-daqiqada sardor Martin Edegor elkasidan jarohat oldi. U o‘yinni davom ettirgan bo‘lsa-da, 38-daqiqada maydonni tark etib, o‘rnini Itan Nvaneriga bo‘shatdi. Edegor o‘tgan mavsumda Premer-ligada 30 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta golli uzatma bergan edi.

51-daqiqada esa yana bir etakchi — Bukayo Saka oyoqning orqa qismida og‘riq sezib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Leandro Trossard tushirildi.

Ma’lumot o‘rnida, keyingi turda "kanonirlar" amaldagi chempion "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!