
"Arsenal" "Liverpul"ga qarshi o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi
Londonning "Arsenal" klubi o‘zining rasmiy saytida braziliyalik himoyachi David Luiz jarohat olgani va premer-liganing 30-turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.
"Davidni o‘ng tizzasidagi jarohat bezovta qilmoqda. U tez orada tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi", - deyiladi klub bayonotida.
"Arsenal" 29 turdan so‘ng 42 ochko to‘plagan holda APL musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. "Liverpul" esa “kanonirlar”dan 4 ochko ko‘p jamg‘argan holda 7-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” – “Liverpul” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
33 yoshli David Luiz joriy mavsum “Arsenal” safida jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar