
"Arsenal" Mustafini sotib yubormoqchi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Shkodran Mustafini sotib yubormoqchi. Bu haqda London Evening Standard nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga Frantsiya va Germaniya klublaridan qiziqishlar bor. Ta’kidlash kerakki, APLda transfer oynasi yopilgani bois agar “kanonirlar” Mustafini sotib yuborishsa, uning o‘rniga yangi futbolchi sotib olisholmaydi. Biroq, shunga qaramay ular Mustafidan qutulishmoqchi.
Fikrlar