"Arsenal" Mxitaryanni sotib yubormoqchi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishi mumkin.
The Sun nashrining xabar berishicha “kanonirlar” 30 yoshli armanistonlik futbolchini transferga qo‘yishmoqchi. Uning narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mxitaryan Armaniston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasidagi siyosiy mojaro sabab Bokuda bo‘lib o‘tadigan “Chelsi”ga qarshi Evropa ligasi finaliga borishdan bosh tortgan edi.
Ma’lumot uchun, Mxitaryan “Arsenal” safida 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 39ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar