"Arsenal" Obameyang o‘rniga Bundesligadan zo‘r hujumchi topdi

  • 23.12.2019 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Leverkuzenning "Bayer" klubi forvardi Kevin Folland "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 27 yoshli germaniyalik futbolchini jamoadan ketmoqchi bo‘lib yurgan Per-Emerik Obameyang o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda.

Ma’lumot uchun, Folland joriy mavsum “Bayer” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “dorishunoslar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!