“Arsenal” Obameyang va Lyakazett o‘rniga “yangi Anri”ni oladi

  • 18.12.2020 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” yaqinda klub bilan shartnomasini uzaytirganidan keyin samaradorligini paayib ketgan hujumchilar Per-Emerik Obameyang va Aleksandr Lyakazzett o‘rniga “yangi Anri” laqabi bilan tanilayotgan yangi hujumchini olib keladi.

Bu futbolchi professional darajada debyutini joriy mavsumda nishonladi. Chexiya chempionatida “Slaviya” sharafini himoya qilayotgan 19 yoshli Abdalla Sima oltita uchrashuvda oltita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.  

Shuningdek, o‘yin uslubi mashhur to‘purar Terri Anrinikiga o‘xshaydigan senegallik hujumchi Evropa Ligasida ham uchta gol urib, xorij klublari e’tiborini o‘ziga qaratdi. Ayni paytda unga “Arsenal”dan tashqari “Yuventus” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!