“Arsenal” orzusidagi himoyachiga katta summa tikadigan bo‘ldi

  • 19.08.2026 12:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” himoya chizigʻidagi muammolarni bartaraf etish uchun katta xarajat qilishiga toʻgʻri keladi.

Londonliklar “Aston Villa” markaziy himoyachisi Ezri Konsani sotib olish boʻyicha urinishlarini toʻxtatmayapti.

Jurnalist Rayan Teylorning xabar berishicha, “kanonirlar” 28 yoshli futbolchi uchun 40 million funt sterlinggacha, yaʼni qariyb 47 million yevro taklif qilishga tayyor.

Bu hafta klublar Angliya terma jamoasi futbolchisi boʻyicha yana muzokara oʻtkazdi, ammo “Aston Villa”ning talabi London klubi uchun hali ham juda yuqori. Birmingemliklar avvalgidek 60 million funt, yaʼni 70 million yevro talab qilmoqda.

“Aston Villa” Konsani asosiy tarkibning muhim futbolchisi deb hisoblagani uchun yon berishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, markaziy himoyachiga shartnomani uzaytirish taklifi ham berilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!