
"Arsenal" o‘z maydonida "Olimpiakos"ga yutqazib qo‘ydi, ammo... (video)
UEFA Evropa ligasining 1/8 final javob bahsida “Arsenal” o‘z maydonida “Olimpiakos”ni qabul qildi.
Londondagi bellashuv kutilmaganda 0:1 hisobida grek klubining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Olimpiakos”ga g‘alaba keltirgan yagona golga Yussef El-Arabi (51') mualliflik qildi. Ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida g‘alaba qozongan "kanonirlar" keyingi bosqich yo‘llvnmasini qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar