
"Arsenal" o‘ziga kerakli hujumchini topdi
"Brentford" hujumchisi Yoan Vissa Angliya Premer-ligasidagi top-klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda "The Telegraph" xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi hujumchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" 28 yoshli futbolchini jarohat olib, maydondan uzoqlashgan braziliyalik Gabriel Jezusning o‘rnini bosuvchi forvard sifatida ko‘rib chiqishmoqda.
Joriy mavsumda Vissa "Brentford" tarkibida 22 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi 12 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Uning shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer qiymati 28 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar