
"Arsenal" PSJ futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
Londonning "Arsenal"i bosh murabbiyi Mikel Arteta yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
France Football nashri ma’lumotiga ko‘ra, "kanonirlar" mavsum yakunlariga ko‘ra erkin agent maqomini oladigan PSJ himoyachisi Leven Kurzava bilan muzokaralar o‘tkazib, besh yillik kelishuvga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Arsenal" Aleksandr Lyakazettni Madrid klublariga taklif qilayotgani va o‘zlari "Napoli" forvardi Dris Mertens uchun taklif tayyorlayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar